ALOQA UCHUN

Rasmiy munosabat

Xabaringiz bor, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Toshkent shahrida elektr tarmoqlarida rejaviy о‘chishlar haqida о‘zining rasmiy sahifalari va Telegram-kanali orqali deyarli har kuni jamoatchilikni xabardor qilish amaliyoti yо‘lga qо‘yilgan. Rejaviy о‘chishlar esa, о‘z navbatida, joriy kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik kо‘rish hamda qishning sovuq kunlarida aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash maqsadi bilan bog‘liqdir.

Iqtisodchi Otabek Bakirov bugun telegramdagi shaxsiy blogi orqali poytaxtdagi elektr energiyasidagi rejaviy о‘chishlarni Toshkent shahri tumanlari va mahallalarida "ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani tufayli" degan yolg‘on vaj bilan о‘chirilayotganligini hamda bitta hududda bir nechta marta “svet” о‘chishi davriyligi tumanlar va mahallalar qirqimida atayin taqsimlangani haqidagi fikrlarini  bildirdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bu bо‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

Otabek Bakirovga sohaga qaratayotgan e’tibori uchun minnnatdorlik izhor qilgan holda, shaxsiy blogi orqali “...ta’mirlash ishlari ketayotgani uchun svet о‘chirilayapti deb qayta va qayta yolg‘on xabar berayotgan...” kabi bildirgan fikrlari mutlaqo asossiz ekanligini, buning isboti sifatida poytaxt tumanlarida elektr tarmoqlarini yangilash borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida bir necha bor aynan ish jarayoni ketayotgan manzilga taklif qilinganini bildirib о‘tmoqchimiz.

Darhaqiqat, ayni kunlarda poytaxt tumanlarida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida olib borilayotgan amaliy ishlarni о‘z vaqtida yakunlash tizim oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri ekanligini alohida ta’kidlash joiz. Qaysidir bir hududda bir necha marotaba rejaviy о‘chishlarning sababiga keladigan bо‘lsak, bu ish kо‘lamining kattaligi va mazkur jarayonlarni yakunlash uchun aholini uzoq vaqt elektr tarmog‘idan ajratmasdan ma’lum vaqt oralig‘ida bajarish maqsadida olib borilayotganligini ma’lum qilamiz.

Shu о‘rinda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mas’ul xodimlari poytaxt tumanlarida olib borilayotgan ishlar hamda rejaviy о‘chishlar sabablari haqida batafsil ma’lumot berishga doim tayyor ekanligini bildirib qolamiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 19.07.2023
  • 669
Sayt xaritasi