ALOQA UCHUN

DASTUR IJROSI – AMALDA

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan Xorazm viloyatidagi mahallalarning elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan 104,3 km havo elektr uzatish tarmog’i va 57 ta yangi transformator punktlaini o’rnatish, yuklamada ishlayotgan 2 ta podstansiyadagi transformatorlarni 25 000 kVA va 63 000 kVAli transformatorlarga almashtirish rejalashtirilgan.

Xususan, Yangariq tumanining “Oqmachit”, “Killavit”, “Ostona”, “Shirsholi”, “Gulshanda” va “Qorako’z” “Uyg’ur” mahallalarida temir-beton ustunlar o’rnatilib, 4,6 km havo elektr tarmog’i qurish hamda turli kuchlanishli 6 ta yangi transformator punktlar o’rnatish rejalashtirilgan bo'lib, “Killavit” hamda “Shirsholi” mahallalarida transformator punktlar o'rnatilib, mantaj ishlari olib borilmoqda. 

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 19.07.2023
  • 372
Sayt xaritasi