ALOQA UCHUN

FARG‘ONAGA DOVON OSHIB YANGI TRANSFORMATORLAR YETIB KELDI

Hududlarda iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash yo‘lida bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar keng quloch yoymoqda. 

Farg‘ona viloyatiga navbatdagi 21 dona yangi zamonaviy transformator punkti olib kelindi. Bu bilan yana 21 ta mahallaning elektr ta'minoti yaxshilanishiga erishiladi. 

"Farg'ona HETK" AJ tomonidan viloyat bo‘yicha jami 59 ta hududda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari boshlanganini qayd etish joiz. 

Dastur doirasida 59 mahallaga 106 ta turli quvvatdagi yangi transformator punktini o‘rnatish, 245 km uzunlikdagi yangi elektr uzatish tarmoqlarini tortish hamda 7300 ga yaqin temir-beton tayanchlarini o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, ayni vaqtda barcha hududda loyihaning birinchi bosqichi olib borilmoqda. 

So‘z o‘rnida, olib borilayotgan bu kabi keng ko‘lamli islohotlar iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashga tadbirkorlik subyektlari faoliyatlarini kengaytirishlari, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishlari va, o‘z navbatida, qo’shimcha ishchi o’rinlarini yaratishlariga xizmat qiladi.

"Farg'ona HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 17.07.2023
  • 386
Sayt xaritasi