ALOQA UCHUN

«SAG'BON» PODSTANSIYASINING QUVVATINI OSHIRISH BО‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Avval xabar berganimizdek, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali tomonidan Olmazor tumanining «Ahil», «Paxta», «Yangi Toshkent», «Beruniy», «Shodiyona», «Istiqbol», «Oltinsoy», «Bo'stanobod», «Tepa Guzar», «G'alaba», «Tabassum», «Islom ota» hamda «Chuqursoy» mahalla fuqarolar yigʼini hududlarini elektr energiyasi taʼminlovchi 110/35/10 KVA bo'lgan yuqori kuchlanishli "Sag'bon" podstantsiyasidagi o'ta zo'riqish bilan ishlab kelayotgan quvvati 25000 kVA boʼlgan kuch transformatori o'rniga quvvati 40000 kVA bo'lgan transformatori olib kelinib, almashtirish ishlari olib borilmoqda. 

Kuch transformatorini katta quvvatlisiga almashtirish murakkab jarayon bolganligi sababli ma’lum vaqt talab etadi. Shu sababli yuqorida ko'rsatilgan MFYlarning aholi yashash xonadonlarida bugun soat 14:00 ga qadar elekt energiyasida uzilishlar davom etishini ma’lum qilamiz

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Manbuot xizmati

  • 26.05.2023
  • 573
Sayt xaritasi