ALOQA UCHUN

«SAG`BON» PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILADI

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berishicha, Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatiladi. Bu mavjud kuch transformatorini katta quvvatlisiga almashtirish bо‘yicha ishlar olib borilishi bilan bog‘liq.

Bugun, 25-may kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Olmazor tumanining «Ahil», «Paxta», «Yangi Toshkent», «Beruniy», «Shodiyona», «Istiqbol», «Oltinsoy», «Bo'stanobod», «Tepa Guzar», «G'alaba», «Tabassum», «Islom ota» hamda «Chuqursoy» mahalla fuqarolar yigʼini hududlarini elektr energiyasi taʼminlovchi 110/35/10 KVA bo'lgan yuqori kuchlanishli "Sag'bon" podstantsiyasidagi quvvati 25000 kVA boʼlgan kuch transformatorining quvvati 40000 kVA quvvatlisiga almashtirish ishlari olib borilishi sababli mazkur hududlarga elektr energiyasini yetkazib berishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Kuch transformatorini katta quvvatlisiga almashtirish jarayonini o‘z vaqtida xavfsiz olib borish va oʼrnatish choralari uchun «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan ushbu jarayonga 40 nafardan ortiq malakali mutaxassis, zarur 10 dan ortiq maxsus transport vositalari jalb etiladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.

  • 25.05.2023
  • 362