ALOQA UCHUN

"HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ: “О‘ZBEKISTON NEFT VA GAZI – OGU 2023” 25-YUBILEY XALQARO ANJUMANI YANGI IMKONIYATLAR PLATFORMASIGA AYLANDI

Xabar berilganidek, kuni kecha poytaxtimizda “O‘zbekiston neft va gazi - OGU 2023” 25-yubiley va “Energetika, energiya tejash, muqobil energiya manbalari - Power Uzbekistan 2023” 16-Xalqaro ko‘rgazmalari bо‘lib о‘tdi.

Qariyb 25 ta mamlakatdan yetakchi neft va gaz kompaniyalari sanoatning yangi mahsulotlari va texnologiyalarini namoyish etilgan xalqaro tadbirda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ  rahbariyati hamda mataxassislari ishtirok etganini qayd etish joiz.

Xususan, xalqaro tadbir doirasida energetika tizimi korxonalari yosh mutaxassislari ishtirokida о‘tkazilgan "Zakovat" hamda "Keys chempionat" intellektual о‘yinlarida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi muvaffaqiyatli qatnashganini alohida e’tirof etish joiz. Bundan tashqari, tadbir sharafiga о‘tkazilgan “Yoshlar marofoni”da ham Jamiyat yoshlar jamoasi faxrli о‘rinlarni qо‘lga kiritgani quvonarlidir.

Xalqaro energetika forumi doirasida о‘tkazilgan “О‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish” mavzuidagi texnik sessiyada “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining birinchi о‘rinbosari Alvar Gaybullayev ma’ruza bilan qatnashib, Jamiyatda transformatsiya jarayonlarining borishi tо‘g‘risida batafsil tо‘xtalib о‘tdi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.


Ta’kidlash joizki, forum doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati hamda «Davlat xaridlari markazi» filiali mutasaddilari xalqaro va mahalliy kompaniyalar – Jiangsu Wellhead Drilling Equipment Co. Ltd, (Xitoy), «Spets texnika tashkent»  (О‘zbekiston), «Energokontrakt» (Rossiya), Phoenix Contact (Qozog‘iston), Avtomobilniy zavod «Ural» (Rossiya) kabi yirik ishlab chiqaruvchilar bilan о‘rtasida uchrashuv va muzokaralar bо‘lib о‘tdi.

Bundan tashqari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati ishtirokida Rossiya, Qozog‘iston hamda Ozarbayjon kabi davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar bilan ham ishchi uchrashuvlar о‘tkazildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 22.05.2023
  • 533
Sayt xaritasi