ALOQA UCHUN

“QURUQSOY” MAHALLASIDA YANGI TRANSFORMATOR PUNKTLARI ISHGA TUSHIRILDI

Aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida Shahrixon tumanining “Qururqsoy” MFY hududida ham bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, ushbu mahallada yashovchi 145 ta aholi xonadonlarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 2 dona har xil quvvatdagi transformator punktlari o’rnatilib ishga tushirildi.

Shuningdek, 132 dona temir-beton tayanchlar o’rnatildi hamda 3 km dan ortiq yangi tarmoq tortildi.

Bu kabi amaliy ishlar viloyatimizning har bir hududida davom etmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati

  • 16.05.2023
  • 451
Sayt xaritasi