ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ MARKAZIY APPARATIDAGI BO‘SH ISH O‘RINLARIGA TANLOV E’LON QILADI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Markaziy apparatidagi Elektr tarmoqlaridan foydalanish bosh boshqarmasining Ishlab chiqarish texnik xizmati yetakchi mutaxassisi lavozimiga quyidagi talablarga javob beradigan nomzod doimiy ishga qabul qilinadi.

 

Talablar:

oliy ma’lumotli;

ushbu yo‘nalishlarda kamida 10 (o‘n) yil mehnat stajiga ega bo‘lishi;

kompyuterning Microsoft Office (Word, Exel, PowerPoint) dasturlarida ishlashni bilishi;

Jamiyatning rejalashtirish ishlarini tashkil etishni bilishi;

Jamiyatning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini yillik va ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli biznes rejalarini ishlab chiqishni bilishi;

Jamiyatning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini texnik nuqtai nazardan tahlil qilish usullarini bilishi;

tarmoq va podstansiyalar faoliyati bo‘yicha hisobotlarni tuzish tartibini bilishi;

о‘‘zbek va rus tillarini bilishi va ushbu tillarda xat-hujjatlar bilan ishlay olishi.

Nomzodlar tomonidan hujjatlar (pasport, diplom nusxasi va ma’lumotnoma-obektivka) «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning info@het.uz elektron pochtasiga 2023 yilning 12 aprel kuniga qadar yuborilishi lozim.

Tanlov haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: +998-78-150-75-60.

  • 05.04.2023
  • 653
Sayt xaritasi