ALOQA UCHUN

ISLOHOTLAR SAMARASI: OLIS HUDUDLARNING ELEKTR TARMOQLARI YANGILANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq «Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan ham hududlarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizasiya ishlari olib borilmoqda.

Mazkur dastur doirasida birgina O‘zbekiston tumanining 4 ta hududi – “Islom”, “Oqmasjid”, “Elchi” hamda “Qudash” mahalla fuqarolar yig‘inida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Jumladan, yuqoridagi hududlar bo‘yicha jami 250 dan ortiq yangi temir-beton tayanch o‘rnatish, 7,0 kmga yaqin 0,4-10 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlarini qurish hamda hududlardagi o‘ta zo‘riqish bilan ishlab kelayotgan transformator punktlarining yukini yengillatish maqsadida 4 dona turli quvvatdagi yangi transformator punktlarini o‘rnatish ham rejalashtirilgan.  

“Elchi” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli “Gʻani” qishlog‘idagi elektr uzatish tarmoqlari ham yangilanmoqda. Xususan, qishloq hududiga 2,2 km uzunlikdagi yangi elektr uzatish tarmog‘ini tortish ishlari olib borilmoqda. Shu kunga qadar 67 dona yangi temir-beton tayanchlari o‘rnatilib, bir dona quvvati 160 kVA bo‘lgan yangi transformator punkti olib kelinib o‘rnatish ishlariga kirishildi.

Qaror ijrosi yuzasidan loyihalarni yakuniga yetkazish ishlari olib borilmoqda.

Hududlarda bu kabi amaliy ishlar davom etmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 04.04.2023
  • 378
Sayt xaritasi