ALOQA UCHUN

“NAVOIY” MAHALLASIGA YANGI TARMOQ TORTILMOQDA

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Andijon hududiy filiali Buloqboshi tuman elektr ta'minoti xodimlari tomonidan "Navoiy" MFY Qayrag'och va Toshtepa ko'chalariga 30 dona temir-beton tayanchlar olib kelib o'rnatildi. 

Hozirda 1460 metr 0,4 kV SIP kabel va 300 metr 10 kV, jami 1760 metr uzunlikdagi havo tarmog'i tortish ishlari olib borilmoqda.

Buning natijasida 120 dan ziyod aholi xonadonlarini elektr ta'minoti yaxshilanadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.
 

  • 03.04.2023
  • 544
Sayt xaritasi