ALOQA UCHUN

“YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVIGA YANGI TRANSFORMATORLAR O‘RNATILMOQDA

Avval xabar berganimizdek, "Hududiy elektr tarmqolari” AJ Sidaryo hududiy filiali tomonidan Yangiyer shahridagi “Yangi O’zbekiston” massivini elektr ta’minoti bilan ta’minlash maqsadida belgilangan reja asosida ishlar yo’lga qoyilgan.   

Yangiyer shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan Yangiyer shahridagi “Yangi O’zbekiston” massiviga, 2 km 900 metr masofadagi elektr uzatish tarmoqlari qurilib, 900 metr uzunlikda yer osti kabellari o'tkazish, yana 1 km 200 metr masofaga yer osti kabel tarmoqlari tortish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek. kuni kecha yangi massivga quvvati 630 kVA bo’lgan 1 dona transformator punkti olib borilib, o’rnatish ishlari boshlab yuborildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 24.03.2023
  • 487
Sayt xaritasi