ALOQA UCHUN

SERGELIDA ELEKTR TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-72- sonli qaroriga asosan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Sergeli tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Sergeli TETK ishchi-xodimlari tomonidan tumanning “Qipchoq” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi ko'p qavatli aholi yashash xonadonlarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, dastur doirasida hududdagi mavjud TP-2899-sonli transformator punktidagi 320 kVAli transformator quvvati 630 kVA bo'lgan yuqori kuchlanishli transformatorga almashtirilmoqda.

Ayni vaqtda, hududda montaj ishlari olib borilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali мatbuot xizmati.

  • 11.03.2023
  • 939
Sayt xaritasi