ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ SURXONDARYO HUDUDIY FILIALI TOMONIDAN QUYOSH PANELLARI О‘RNATILDI

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risidagi farmoni qabul qilingandi. Unda aholi va mamlakatimizda ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish ustuvor vazifalardan qilib belgilangandi.


Surxondaryo viloyatida ayni vazifalar ijrosi doirasida tashkilotlar va  aholi xonadonlariga quyosh panellarini о‘rnatish jadal davom ettirilmoqda. Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali ma’muriy binosiga  “Sanoat texnik qurilma” MCHJ tomonidan 40 kVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi о‘rnatildi.


Binoga о‘rnatilgan ushbu quyosh panellari orqali yiliga 219  ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi natijasida 98 million 550 ming sо‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 05.12.2022
  • 1688
Sayt xaritasi