ALOQA UCHUN

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINI JORIY ETISH BO‘YICHA ISHLAR OLIB BORILMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali kuz-qish mavsumida o'z ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan elektr va issiqlik energiyasidan samarali foydalanish maqsadida muqobil energiya manbalarini joriy etishni davom ettirmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida Filialning barcha tuman bо‘limlarining ma'muriy binosi tom qismiga quyosh fotoelektr panellari o'rnatilishi rejalashtirildi.

Hozirda, Sergeli hamda Mirobod bо‘limi markaziy binolarining tom qismiga fotoelektrstansiya qurilmalari muvaffaqiyatli o’rnatildi hamda qo’shimcha elektr energiyasini ishlab chiqarish yo’lga qoyildi.

Mazkur o`rnatilgan 20 kVt quvvatga ega ushbu qurilmaning ishga tushirilishi yiliga 100 ming kVt•s ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi.

Ma’lumot o‘rnida, davlatimiz rahbari tomonidan 2030 yilga qadar respublika miqyosida ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmining solishtirma ulushini 25 foizgacha bo‘lgan qismini qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali amalga oshirish talabi qo‘yilgan bo‘lib, hozirgi kunda ushbu sohada keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.

  • 01.12.2022
  • 1060
Sayt xaritasi