ALOQA UCHUN

"SIRDARYO HETK" AJ AYOL XODIMLARI O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI TASHKIL ETILDI

"SIRDARYO HETK" AJ AYOL XODIMLARI O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI TASHKIL ETILDI

"Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tashabbusi bilan SHETK va TETK, bo‘lim hamda xizmatdagi ayollarining oilada sog‘lom turmush tarzini  shakllantirish, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini  yaxshilash, ayollarni madaniyat va sportga bo‘lgan qiziqishlarini  yanada mustahkamlash maqsadida  “Sport – salomatlik garovi” musobaqasi o‘tkazildi. Unda jami 55 nafar ayol ishchi-xodimlar qatnashishdi.

Sportning  “Darts” turidan 1-о‘rinni D. Qodirova, 2-о‘rinni N. Dо‘stbekova, 3-о‘rinni L. Omonova egallagan bo’lsa, “Voleybol” sport turidan 1-о‘rinni “Nurchi” guruhi, 2-о‘rinni “Masharash” guruhi, 3-о‘rinni “Yoshlar” guruhi qo’lga kiritdi. Stol tennisi sport turidan 1-о‘rinni A. Ivanova, 2-о‘rinni D. Umarova, 3-о‘rinni M. Umarqulovalar egallashdi. 

Barcha faol qatnashgan va goliblikni qo’lga kiritganlarga kasaba uyushmasining yorliq va esdalik sovgalari topshirildi.

"Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 08.07.2022
  • 815
Sayt xaritasi