ALOQA UCHUN

“SАDDА TАGI” MАHАLLАSI TUBDАN OʼZGАRDI

“SАDDА TАGI” MАHАLLАSI TUBDАN OʼZGАRDI

Аndijon tumani “Sadda tagi” MFY xududida “Obod-qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlar davom etmoqda. Belgilangan rejaga asosan MFY hududida 6,3 km uzunlikdagi 10-0,4 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari 2 dona quvvati 100 kVАdan boʼlgan transformator punktlari oʼrnatish va ishga tushurish ishlari rejalashtirilgan.

Hozirgi kunga qadar “Sadda tagi” MFYga 280 dona beton tayanchlar va 7,1 km uzunlikdagi SIP kabel 0,4 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari qurib bitkazildi. Hozirda soha xodimlari tomonidan tarmoq qurish hamda transformator punktlari oʼrnatish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. 

Darhaqiqat, aytish mumkinki hozirda ushbu mahallada juda katta bunyodkorlik ishlari olib borildi. Nafaqat elektr energiyasi sifati yaxshilandi balki yoʼllari asfaltlandi va suv quvurlari yangilanib doimiy ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

"Andijon HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 07.07.2022
  • 631
Sayt xaritasi