ALOQA UCHUN

"DOSTON" PODSTANTSIYASIDA TA'MIRLASH VA RAQAMLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

"DOSTON" PODSTANTSIYASIDA TA'MIRLASH VA RAQAMLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA     

Avval xabar berganimizdek, iste’molchilarga bir ma’romda ishonchli elektr enegiyasi bilan ta’minlash maqsadida respublika miqyosidagi 110/35/10 kV kuchlanishli podstantsiyalarni umumiy holatlarini yaxshilash borasida ish jarayonlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida joylashgan 35/110 kVli “Doston” podstansiyasini na’munali holatga keltirish borasida xodimlarimiz tomonidan mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini olib borilmoqda.

Xususan, ushbu podstantsiya hududini obodonlashtirish, elektr uskuna va binolarni estetik holatini yangilash boyicha ishlar yakuniga yetish arafasida. Rele himoyasi va avtomatika qurilmalarini to’liq navbatdan tashqari tekshiruvdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf qilindi.Ma’nan eskirgan himoya qurilmalarini sezuvchanligi yuqori bo’lgan himoya qurilmalariga almashtirish ishlari olib borildi.

"Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 12.05.2022
  • 735
Sayt xaritasi