ALOQA UCHUN

"HADRUT-2023” musobaqasi

"HADRUT-2023” musobaqasi: 2 kun

Avval xabar berganimizdek, Ozarbayjon Respublikasida Geydar Aliyev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan "Taqsimlash tarmoqlarida raqamli transformatsiya" mavzusida “HADRUT-2023" musobaqasi bо‘lib о‘tmoqda. 

Turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar energetiklari o‘rtasida о‘tkazilayotgan mazkur musobaqada O‘zbekiston bayrog‘i ostida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Xususan, kecha bо‘lib о‘tgan intellektual bahs – "Breyng ring" shartida jamoamiz a’zolari sohaga oid savollarga qoniqarli javoblar berib, yuqori natijalarni kо‘rsatganini e’tirof etish joiz.

Bugun jamoalar texnik tayyorgarlik va avariyaviy holatlarni bartaraf etish yuzasidan о‘zaro bahs sinashadilar. 

Ayni paytda, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi belgilangan shartlarni bajarishga tayyorgarlik kо‘rmoqda.

Musobaqalar bugun о‘z yakuniga yetadi va g‘olib jamoalar aniqlanadi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati

  • 19.10.2023
  • 456
Sayt xaritasi