Jizzax viloyatida 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini elektr energiyasi bilan ishonchli ta’minlash, elektr tarmoqlari va energetika obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida saf ko‘rigi o‘tkazildi.


Saf ko‘rigi davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya va nosozliklarni tezkor bartaraf etishga jalb etiladigan tezkor brigadalar, maxsus texnika, avariya-tiklash vositalari va zarur jihozlarning shaylik holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumida elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, avariya holatlariga tezkor javob qaytarish hamda iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ishonchli ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.

Tadbir davomida mas’ul xodimlarning hamkorlikdagi harakatlari, tezkor brigadalarning tayyorgarligi va favqulodda vaziyatlarda tezkor choralar ko‘rish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.