ALOQA UCHUN

QO‘SHTEPA TUMANIDAGI 7 MINGGA YAQIN ISTE'MOCHILARNI ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANADI

QO‘SHTEPA TUMANIDAGI 7 MINGGA YAQIN ISTE'MOCHILARNI ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANADI.

 

Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanidagi "Katta Beshkapa", "Kichik Beshkapa", "Sohibkor", "Soybo‘yi",  "Qiyqi" hamda "Yangi do‘kon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududlaridagi jami 7 minga yaqin aholi hamda tadbirkorlik subektlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 35/10 kVli "Beshkapa" podstansiyasining quvvati oshirilmoqda.

Xususan, podstansiyada joylashgan 6 300 kVA bo‘lgan kuch transformatori quvvati 10 000 kVA bo‘lgan kuch transformatoriga almashtirilmoqda.

Ayni vaqtda, "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning zarur bo‘lim, xizmatlari maxsus avtotransport vositalari yordamida podstansiyada yakuniy montaj ishlarini olib borishmoqda.

  • 14.03.2024
  • 278
Sayt xaritasi