ALOQA UCHUN

7 mart kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 7 mart kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati tizim korxonalarida faoliyat yuritayotgan ayollarni bahorning ilk bayrami bilan samimiy tabriklab, nafis qalb egalariga jamoadagi mehnati va shijoati uchun chuqur hurmat-ehtirom va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Shuningdek, tadbir davomida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimda o‘z mehnati va faoliyati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh ayollarga  “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni hamda Jamiyatning faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

  • 07.03.2024
  • 305
Sayt xaritasi