ALOQA UCHUN

«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ MARKAZIY APPARATIDAGI BО‘SH ISH О‘RINLARIGA TAKLIF ETADI

«HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI» AJ MARKAZIY APPARATIDAGI BО‘SH ISH О‘RINLARIGA TAKLIF ETADI

 

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasidagi boshliq o’rinbosari lavozimiga quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar doimiy ishga qabul qilinadi:

 

1. Oliy ma’lumotli, lavozim yо’nalishi va funksional vazifalariga mos keluvchi bilim va kо’nikmalarga ega bо’lishi;

2. Energetika investitsiyaviy dasturlar sohasida yо’nalishlarida kamida 3 (uch) yillik ish stajiga ega bо’lishi;

3. Kompyuterning Microsoft Office (Word, Excel, PowerPoint, Outlook) va boshqa dasturlarida ishlashni bilishi va internet tarmoqlaridan foydalanish bо’yicha amaliy bilimlarga ega bо’lishi;

4. Elektr energetika sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini bilishi, jumladan:

- O’zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to’g’risida”gi Qonuni va qonunchilikning boshqa hujjatlari

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari;

- Investitsiya loyihalarini amalga oshirish faoliyatiga tegishli bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlari;

5. Investitsion loyihalarni amalga oshirish bo’yicha potensial xorijiy hamkorlar bilan ishlarni olib borish qobiliyati;

6. Chet el delegatsiyasi, investorlar vakillari, xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari, chet el davlatlari moliya tashkilotlari bilan ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi;

7. Investitsiya loyihalarni amalga oshirishda xalqaro moliya institutlari, banklar, chet el kompaniyalarini jalb qilish va uzoq muddatli hamkorlik munosabatlari o’rnatish masalalarida ko’nikmalarga ega bo’lishi;

8. О‘zbekiston Respublikasida amalda bо‘lgan energetika sohasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi;

9. О’zbek va chet tillarini bilishi (xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi)
va ushbu tillarda xat-hujjatlar bilan ishlay olishi;

10. Normativ huquqiy hujjatlarni tuzish, bayon qilish va texnik reglamentlar bilan ishlash bо’yicha tushunchaga ega bо’lishi;

Nomzodlar hujjatlarni info@het.uz elektron pochta manziliga 2024 yilning  18 mart kuniga qadar yuborishlari lozim.

Tanlov haqida qо’shimcha ma’lumotlar olish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari”AJning Xodimlar bilan ishlash boshqarmasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +998-78-150-75-60.

  • 11.03.2024
  • 421
Sayt xaritasi