ALOQA UCHUN

XORAZMDA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANIB KRIPTO-AKTIVLARI QURILMALARINI О‘RNATGAN XONADONLAR ANIQLANDI

XORAZMDA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANIB KRIPTO-AKTIVLARI QURILMALARINI О‘RNATGAN XONADONLAR ANIQLANDI

Xabaringiz bor iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashiga kompleks tayyorlashni ta’minlash masalasi bо‘yicha shtab tashkil etilgan. Ushbu shtab faoliyatida hududlarda iste’molchilarning noqonuniy elektr energiyasidan foydalanishlarini oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari ham о‘tkazilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Xorazm hududiy filiali Yangibozor tuman elektr ta’minoti xodimlari hamda DXX, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangibozor tuman bо‘limi vakillari hamkorligida Yangibozor tumanida о‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbiri davomida “Ochoq qalla” mahallasida yashovchi fuqaro E.Qurbanov о‘z о‘yida 3 dona “Mayning” kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga о‘zboshimchalik bilan ulab, jami 32,3 mln. sо‘mlik elektr energiyasini о‘g‘irlaganligi aniqlangan.

Shuningdek, reyd davomida “Mang‘itlar” mahallasida yashovchi D.Matyaqubov о‘z uyida 1 dona “Mayning” kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga о‘zboshimchalik bilan ulanib jami 16,5 mln. sо‘mlik elektr energiyasini о‘g‘irlaganligi aniqlandi.

 Xuddi shu kabi holat "Istiqlol" mahallasida yashovchi O.Salayev xonadonida 3 dona “Mayning” kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga о‘zboshimchalik bilan ulab  193,6 mln. sо‘mlik elektr energiyasini о‘g‘irlaganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarga elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari uchun 56,1 mln. sо‘m qayta hisob kitob qilindi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan noqonuniy foydalanilgan mayning fermalariga nisbatan 5 barobar о‘suvchi koeffitsiyent qо‘llanib, jami 242,4 mln. sо‘m mablag‘ undirishga hujjatlar rasmiylashtirildi.

Mazkur holatlar yuzasidan dalolatnomalar rasmiylashtirib, tо‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

  • 28.02.2024
  • 571
Sayt xaritasi