ALOQA UCHUN

QIBRAYDA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANGAN HOLDA KRIPTO-AKTIVLARI QURILMALARINI O‘RNATGAN XONADONLAR ANIQLANDI

 

QIBRAYDA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANGAN HOLDA KRIPTO-AKTIVLARI QURILMALARINI O‘RNATGAN XONADONLAR ANIQLANDI

Xabaringiz bor, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obektlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha Toshkent viloyatida maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, o‘z faoliyati doirasida hududlarda iste’molchilarning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlarini oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari ham o‘tkazib kelmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutasaddilari, Toshkent hududiy filiali Qibray tuman elektr ta’minoti xodimlari hamda DXX, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi vakillari hamkorligida Qibray tumanida o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbiri davomida “Baytqurg‘on” MFY hududidagi xonadonda yashovchi S.M o‘z uyida 3 dona “Mayning” kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 579,4 mln. so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganligi aniqlangan.

Shuningdek, reyd davomida Mirzo Ulug‘bek tumani Alisherobod hududidagi xonadonda yashovchi F.R o‘z uyida 4 dona “Mayning” kripto-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida elektr ta’minoti korxonasi “Elektrhisob” DKdan ro‘yxatdan o‘tkazmasdan elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, jami 365,2 mln. so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarga elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi uchun 63,6 mln so‘m qayta hisob-kitob qilindi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan noqonuniy foydalanilgan mayning fermalariga nisbatan 5 barobar o‘suvchi koyeffitsiyent qo‘llanib, 944,6 mln so‘m mablag‘ undirishga hujjatlar rasmiylashtirildi.

Mazkur holatlar yuzasidan dalolatnomalar rasmiylashtirib, to‘plangan hujjutalar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

 

 

 

 

 

 

  • 23.02.2024
  • 769
Sayt xaritasi